Bu o'yin "Siti" ustozi Xosep Gvardiola uchun yubileyga aylandi. Ispaniyalik murabbiy top-ligalarda 600 ta o'yin o'tkazishga ulgurdi.
Pep hisobida 446 g'alaba, 85 durang va atigi 69 mag'lubiyat bor. Mutaxassis milliy chempionatlardagi o'yinlarning 74,3 foizida g'alaba qozongan.
Gvardiola uchun yana bir muvaffaqiyatli o'yin "Manchester Yunayted"ga qarshi derbi bo'ldi. "Siti"ning navbatdagi o'yini Chempionlar Ligasi doirasida "Napoli"ga qarshi (19 sentyabrga o'tar kechasi) bo'lib o'tadi, shundan so'ng ular APL doirasida "Arsenal" bilan to'qnash keladi (21 sentyabr).