Har ikki futbolchi asosiy guruh mashg'ulotlariga qaytgan va "Real" jamoasining "Marsel" bilan Chempionlar Ligasi birinchi turidagi tarkibidan joy olgan.
Bellingem yaqinda elkasidan jarrohlik amaliyotini o'tkazdi va asta-sekin yuqori formaga qaytmoqda. Kamavinga to'pig'idan olgan jarohatidan forig' bo'layotgandi, lekin malum cheklovlar bilan bo'lsa-da, jamoa bilan mashg'ulotlarga qaytdi.
Ikki futbolchi ham Chempionlar Ligasining bo'lajak o'yinlarida – "Marsel" va "Qayrat" bilan o'yinlarda maydonga tushishi kutilmoqda. Ularning yo birinchi daqiqalardan harakat qilishi, yo zaxira o'rindig'idan joy olishi murabbiylar shtabi qaroriga bog'liq bo'lib, bunda futbolchilarning hozirgi holati hisobga olinadi.
Eslatib o'tamiz, "Real" – "Marsel" bellashuvi bugun 23:59 da boshlanadi. "Qayrat" bilan uchrashuv esa 30 sentyabrga belgilangan.