iks
ads

MLS. Lionel Messining goli va assisti «Inter Mayami»ga «Sietl Saunders»ni mag‘lub etishga yordam berdi (videosharh)

  • Mr.NoBoDy 17.09.2025 07:44
  • 216
  • 30

16 sentyabrdan 17 sentyabrga o‘tar kechasi Florida shtati (AQSH) Fort-Loderdeyl shahrida joylashgan «DRV PNK Stadium»da MLSning navbatdagi turidan o‘rin olgan «Inter Mayami» — «Sietl Saunders» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mayami klubi 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

12-daqiqada maydon egalarining ispaniyalik himoyachisi Jordi Alba hisobni ochdi, unga argentinalik hujumchi Lionel Messi yordam berdi. 41-daqiqada 38 yoshli Messi 36 yoshli Albaning uzatmasidan keyin hisobni oshirdi. 52-daqiqada yamaykalik himoyachi Yen Frey ustunlikni yanada oshirdi. 69-daqiqada esa mehmonlar yarim himoyachisi Obed Vargas bir gol urib, yakuniy hisobni belgiladi.

«Inter Mayami» 27 uchrashuvdan keyin 49 ochko to‘plab, MLSning Sharqiy konferensiyasi jadvalida beshinchi o‘ringa ko‘tarildi. «Sietl Saunders» esa 29 uchrashuvda 45 ochko bilan G‘arbiy konferensiyada to‘rtinchi o‘rinda qoldi.

MLS — AQSH. Muntazam chempionat
17 sentyabr 2025 yil, chorshanba. 04:30
Inter Mayami (Mayami) — Sietl Saunders (Sietl) — 3:1
Gollar: 1:0 — Alba (12’, assist Messi), 2:0 — Messi (41’, assist Alba), 3:0 — Frey (52’), 3:1 — Vargas (69’)

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar