iks
ads

"Qizilqum" maydondan chiqishni xohlamagan futbolchi bilan shartnomani bekor qildi

  • Mr.NoBoDy 17.09.2025 17:32
  • 436
  • 30

"Qizilqum" Dilshod Komilov bilan xayrlashdi.

"Qizilqum" futbolchi bilan shartnomasini bir tomonlama bekor qildi. Bu haqda klubning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida elon qilindi.

"Joriy mavsum boshidan beri "Qizilqum" tarkibida harakat qilib kelayotgan himoyachi Dilshod Komilov bilan shartnoma klub rahbariyati qarori bilan bir tomonlama bekor qilindi.

Dilshod Komilovning Superliga 21-tur doirasida "Qo'qon-1912" jamoasiga qarshi kechgan bahsdagi professional futbolchilarga xos bo'lmagan hatti-harakatlari muxlisu mutaxassislar va keng jamoatchilik etiroziga sababchi bo'ldi" - deyildi klub bayonotida.

Eslatib o'tamiz, futbolchi o'sha bahsda bosh murabbiy qarorini hurmat qilmay, maydondan chiqishni rad etgan edi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar