Ertaga «Man Siti» Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 1-turida «Napoli»ga qarshi o'ynaydi.
«Aniqki, biz [sovringa davogar] emasmiz. Faqat lahzalardan rohatlanib, bu erda bo'lganimizdan xursandmiz. Ertaga kelayotgan o'yin va turnirni yaxshi boshlashga etibor qaratamiz.
Bu mavsumda o'yinlar avvalgi mavsumlarga qaraganda ko'proq, lekin agar yomon natija bilan boshlasak, bizga qiyin bo'lishi mumkin. O'tgan mavsumda birinchi o'yinda «Inter»ga qarshi durang qayd etgandik – umid qilamanki, bu safar yaxshiroq natijaga erishamiz», – dedi «Manchester Siti»ning bosh murabbiyi.