Olmaliqliklar mavsumni yaxshi boshlaganiga qaramay keyinchalik barqarorlik etishmasligidan aziyat cheka boshladi, natijalar turlicha ko'rinish oldi. O'tgan turda Jizzaxda "So'g'diyona"ga yirik hisoba engilgan OKMK jamoasini oldinda yana bir jiddiy sinov "Bunyodkor" kutmoqda. Bu uchrashuv oldidan jamoa yarim himoyachisi Nodirbek Abdurazzoqov fikrlarini bildirdi.
- "So'g'diyona" bilan o'yindan qanday xulosalar chiqarildi?
- Bu uchrashuvni hamma tahlil qildi deb o'ylayman. Barcha o'z xatosini biladi. Oldindagi uchrashuvlarda o'zimizni ko'rsatishga harakat qilamiz.
- Bo'lajak muhim bellashuvga hozirlik qanday ketyapti?
- OKMK raqib tanlamaydi. Har bir jamoaga jiddiy yondoshamiz. Faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz.
- Bu yil jamoa Olmaliqda bir marotaba mag'lubiyatga uchradi. "Bunyodkor" bilan o'yinda bu ustunlik beradimi?
- O'z muxlislarimiz oldida to'p tepish yoqimli. Shunday ekan ularni xursand qilishimiz kerak bo'ladi.
- Turnir jadvalidagi raqobat va yo'qotilayotgan ochkolar fonida OKMKning imkoniyatlari pasayib ketmayaptimi?
- Endi qolgan uchrashuvlarda maksimal ochko jamg'arishga etibor qaratamiz.
- Bishkekda o'tgan U-23 Osiyo Kubogiga saralash uchrashuvlarida nima uchun terma jamoamiz kutilgan o'yinni ko'rsata olmadi?
- O'yinimizni to'liq kuzatganlar bunday demaydi. Biz har bir o'yinda ustunlik qildik. Faqat gol urishga qiynaldik. Ayrim vaziyatlarda omad etishmadi. Muhimi vazifani bajardik.