iks
ads

Rustam Turdimurodov: "Surxon" hech qaysi jamoadan kam emasligini isbotlaymiz"

  • Mr.NoBoDy 18.09.2025 09:48
  • 221
  • 30

"Surxon" so'nggi uchrashuvlarda g'alaba nimaligini bilmayapti.

Jamoaning Superligadagi g'alabasiz seriyasi 3 ta o'yinga etgan. Termizliklar bugun uyda "Mashal" bilan kuch sinashadi. Bu o'yinlar oldidan jamoa hujumchisi Rustam Turdimurodov fikrlarini bildirdi. 

— "Mashal" bilan o'yinga tayyorgarlik qanday ketyapti?

— Assalomu alaykum. Tayyorgarligimiz yaxshi o'tdi, ertangi o'yinga tayyormiz.

— "Surxon" oxirgi 3 ta o'yinda g'alaba qozona olmadi. Futbolchilarda bosim sezilmayaptimi, bu omil tasir qilmaydimi?

— Yo'q, hech qanday bosim yo'q deb o'ylayman. Ertangi o'yinga kelsak, biz maydonga faqat g'alaba uchun tushamiz.

— Namanganda g'alabaga nima etishmadi?

— Namanganda bizga faqat gol etishmadi. Qolgan barcha ishlarni bajardik, ammo to'pni darvozadan o'tkaza olmadik.

— Oldinda "Paxtakor", "Dinamo", "So'g'diyona" kabi kuchli raqiblarga qarshi o'yinlar ham kutib turibdi. Taqvim haqida nima deya olasiz?

— Keyingi taqvim biz uchun qiyin, ammo bu jamoalarga munosib raqobat ko'rsatamiz va hech qaysi jamoadan kam emasligimizni isbotlaymiz.

— "Mashal" bilan o'yinda qaysi jihat hal qiluvchi bo'lishi mumkin?

— Menimcha, birinchi gol eng muhim bo'ladi. Gol urgan jamoa o'yin tizimini boshqaradi, shu bois u hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar