iks
ads

Superliga. "Surxon" o'z maydonida "Mashal"ni mag'lub eta olmadi

  • Mr.NoBoDy 18.09.2025 20:32
  • 666
  • 30

Superliganing 22-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Mashal" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Surxon" — "Mashal" 0:0 (TUGADI)

18.09.2025, 18:30.

Bosh hakam: Nikita Mustafin

Yordamchi hakamlar: Ruslan Samandarov, Amal Sultonov

Zaxira hakami: Sevdiyor Xamraqulov

Nazoratchi: Baxtiyor Tagaev

VAR hakami: To'rabek Suyunov

AVAR hakami: Alisher Rahimqulov

Komissar: Sherzod Rajabov

"Surxon": 16. Dilshod Yo'ldoshev, 4. Nodirxon Nematxonov, 6. Behzod Shamsiev, 7. Dostonbek Tursunov ( 15. Diyor Ramazonov, 68), 10. Rustam Turdimurodov (19. Muhammad-Ali Abdurahmonov, 76), 18. Nodirbek Abduhalikov ( 5. Jamaliddin Hojaniyazov, 76), 22. Javohir Jo'raev (2. Behruzjon Karimov,68), 24. Sherzodjon Komilov, 27. Asilbek Jumaev, 66. Behro'z Shaydulov, 99. Sunnatilla Poyonov ( 77. Asadbek Karimov, 54)

Zaxira: 86. Davron Merganov, 9. Muhsin Bazarov,20. Sardorbek Mahmudov, 26. Behruz Shukurullaev,

"Mashal": 1. Umidjon Hamroev, 5. Samandar Ochilov, 8. Sardor Abduraimov (19. Islom Sharipov,87), 10. Humoyun Murtozaev, 13. Nuriddin Nuriddinov (7. Islombek Baratov, 50), 17. Anvar Murodov (9. Ibrohim G'anixonov,  90+5), 27. Zafarbek Akramov (34. Shahboz Jo'raev,50), 28. Ergash Ismailov, 37. Sherzod Fayziev, 57. Aminu Umar (55. Farruh Toshpo'latov,90+5), 80. Dmitriy Yashin

Zaxira: 35. Dostonbek To'xtaboev, 4. Abdul Latif Abdallah Maga, 24. Avazxon Mamatxo'jaev,   77. Jamshid Hasanov

Ogohlantirish: Sardor Abduraimov ("Mashal") 31, Humoyun Murtozaev ("Mashal") 73


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi. Tanaffus!

90+5. O'ZGARISH. "Mashal", Anvar Murodov o'rniga Ibrohim G'anixonov, Aminu Umar o'rniga Farruh Toshpo'latov tushdi.

90+4. Maydon egalari katta kuch bilan oldinga o'tdi. Ramazonovning zarbasini mehmonlar himoyachilari bartaraf etdi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

90. "Surxon" yarim himoyachisi Shamsievning zarbasi o'ta noaniq ko'rinish oldi. 

87. O'ZGARISH. "Mashal", Sardor Abduraimov o'rniga Islom Sharipov maydonga tushdi. 

81. ZARBA. "Surxon" futbolchisi Behruz Karimovning zarbasini muborakliklar posboni Umidjon Hamroev qaytardi. 

79. O'yin jonlandi. Jumaevning jarima maydonchasi ichida yo'llagan zarbasi darvoza to'sini yonidan o'tib ketdi. 

76. O'ZGARISH. "Surxon", Rustam Turdimurodov o'rniga Muhammad-Ali Abdurahmonov, Nodirbek Abduxalikov o'rniga Jamaliddin Hojaniyazov tushdi.

75. Hakam o'yinni davom ettirdi. Murtozaev maydonda qoldi. 

74. Murtozaevga qizil kartochka ko'rsatilishi mumkin. Hakam VARda vaziyatni ko'rmoqda. 

68. O'ZGARISH. "Surxon", Doston Tursunov o'rniga Diyor Ramazonov, Javohir Jo'raev o'rniga Behruz Karimov tushdi.

60. Darvozalar oldida xavfli vaziyat kam. 

58. Ikki jamoa ham o'yinda hozircha tezlik olgani yo'q. 

54. O'ZGARISH. "Surxon", Sunnatilla Poyonov o'rniga Asadbek Karimov tushdi.

50. O'ZGARISH. "Mashal", Nuriddin Nuriddinov o'rniga Islombek Baratov, Zafar Akramov o'rniga Shahboz Jo'raev tushdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

44. Bu safar Jumaevning zarbasini Hamroev bartaraf etdi. 

38. Tursunovning zarbasini Hamroev qiyinchilik bilan qaytardi.

31. OGOHLANTIRISH. Sardor Abduraimov, "Mashal"!

28. Mezbonlar to'p nazoratini yaxshi olib boryapti. 

18. Termizliklar qulay nuqtada jarima zarbasi ishladi. Ijro Turdimurodovdan bo'ldi, to'p esa jonli devorga tegib qaytdi. 

14. "Surxon" futbolchisi Doston Tursunovning zarbasini Hamroev osonlikcha ushlab oldi.

8. Mehmonlar ilk daqiqalardan ustunlik qilyapti.

5. Yana muborakliklar oldinga o'tdi. Bu safar chap qanotdan uzatma aralash zarbani termizliklar posboni qaytardi.

3. "Mashal"ning ilk hujumi aniq zarba bilan yakunlandi. 

- O'yin boshlandi. 

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. 

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar