iks
ads

Fevzi Davletov: "Vaziyatlardan foydalana olmaslik muammomiz bo'lib qolmoqda"

  • Mr.NoBoDy 19.09.2025 08:08
  • 309
  • 30

Superliganing 22-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Mashal" (0:0) uchrashuvidan so'ng matbuot anjumani tashkil qilindi.

Unda termizliklar bosh murabbiyi Fevzi Davletov fikrlarini bildirdi. 


"O'yinni umumiy suratini olsak biz to'pni nazorat qildik. Hujumlarni yakunlashda muammoga duch kelyapmiz. Vaziyatlar yaratilmoqda, hujumlar tashkil qilinyapti. Oxirgi pas va yakunlovchi nuqta etishmadi, xolos. Ketma-ket ikkinchi o'yin vaziyatlardan foydalana olmayapmiz. Lekin yigitlar berilgan ko'rsatmalarni bajarishdi. Ularda xohish bor edi. Ko'rdingizki, birinchi bo'limda ham, ikkinchi bo'limda ham etarlicha imkoniyatlar yuzaga keldi. Yutish uchun gol urish kerak. 

Yigitlar harakat qilyapti. Bu erda yoshi katta yoki kichik degan narsa yo'q. Shunday ekan oldiga qo'yilgan vazifani bajarishi kerak. Oldinda qiladigan va amalga oshirish lozim bo'lgan ishlarimiz bor",- deydi Fevzi Davletov. 

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar