Bugungi uchrashuv haqida:
Bugungi o'yin biz uchun qiyin kechdi. Chunki raqibimiz jismoniy jihatdan kuchli, ularga qarshi yakkakurashlarda biroz qiyinchilikka duch keldik. Lekin bizning futbolchilar tezkor va texnik jihatdan raqibdan ustunlik qilishdi. Shu sababli bugungi uchrashuvda g'alaba qozona oldik.
Birinchi bo'limda futbolchilarimiz biroz hayajonlanishdi. Biroq ikkinchi bo'limda barchasini nazorat qila boshladik. Bolalar har qanday jamoaga qarshi o'ynay olishlarini namoyish etishdi.
Navbatdagi o'yinlarga tayyorgarlik haqida:
Albatta bu o'yinni tahlil qilib chiqamiz. Kamchiliklar ustida ishlaymiz, nimada xato qildik, ustun jihatlarimiz qanday edi — bularni ko'rib chiqamiz. Ikkinchi o'yinga yanada yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz va g'alaba qozonishga harakat qilamiz.