iks
ads

"Al-Hilol"ning "Nasaf"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradigan futbolchilari malum bo'ldi

  • Mr.NoBoDy 28.09.2025 15:00
  • 459
  • 30

Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi kecha Qarshining "Nasaf" jamoasiga qarshi elit Chempionlar ligasi o'yini uchun O'zbekistonga tashrif buyurdi.

Uchrashuv 29 sentyabr kuni soat 18:45da Qarshidagi "Markaziy" stadionda bo'lib o'tadi. Bugun mahalliy vaqt bilan soat 17:00da jamoa bosh murabbiyi Simone Indzagi va futbolchilardan biri ishtirokida o'yinoldi matbuot anjumani o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, "Al-Hilol"ning bir nechta asosiy futbolchilari "ajdarlar"ga qarshi bahsda ishtirok eta olmaydi. Klub matbuot hizmati elon qilishicha, Salem Al-Davsari, Abdulloh Al-Malki, Joau Kanselu va Darvin Nunes klub bazasida individual reabilitaciya dasturlari bo'yicha davolanishni davom ettirmoqda. Ular jamoa bilan birga uchib kelmagan va "Nasaf" bilan uchrashuvni o'tkazib yuborishi aniq.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar