Saytimiz jurnalisti Abdulvosit Bektemirov malum qilishicha, O'FA O'zbekiston terma jamoasi murabbiyi Vlado Radmanovich bilan o'zaro shartnomani bekor qilgan.
Malumot uchun, xorvatiyalik mutaxassis 2021-2025 yillar davomida milliy terma jamoada ishladi. Radmanovich dastlab Srechko Katanec murabbiylar shtabida edi, yil boshida Katanec sog'lig'idagi muammolar tufayli terma jamoa bosh murabbiyi lavomizini tark etganidan so'ng Timur Kapadze boshchiligidagi murabbiylar shtabidan o'rin oldi va terma jamoadagi faoliyatini davom ettirdi.
Eslatib o'tamiz, amaldagi murabbiylar shtabidagi mutaxassislar Alesh Chex, Martin Magistr va Nixad Pejkovichning shartnomasi esa JCH-2026ga qadar avtomatik tarzda uzaytirilgan edi.
MTJ darvozabonlar murabbiyi: "Kapadzening shartnomasini bilmayman, ammo murabbiylar shtabining shartnomasi JCH-2026 yakuniga qadar amal qiladi"