Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni hujumchi Lionel Messining Argentina terma jamoasini tark etib, MLS doirasidagi "Inter Mayami" - "Atlanta" (4:0) o‘yinida ishtirok etishiga munosabat bildirdi. Uchrashuv 12 oktyabr, shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tdi. Argentina 15 oktyabr, chorshanba kuni Puerto-Rikoga qarshi maydonga tushadi.
"Men Messining shanba kuni qanday o‘ynaganini ko‘rdim. Bilishimcha, hammasi yaxshilik bilan tugadi, u bilan hali gaplashmadim. Hozir bizda ertangi o‘yin oldidan so‘nggi mashg‘ulot bor va biz har doim so‘nggi mashg‘ulot oldidan qilganimizdek, men u bilan gaplashaman. Agar u yaxshi formada bo‘lsa, ertaga maydonga tushadi", - deya Skalonining so‘zlarini keltiradi TyC Sports.
Lionel Messi "Atlanta" ustidan qozonilgan yirik g‘alabada ishtirok etib, dubl qayd etdi. Bir kun avval Argentina terma jamoasi Venesuela bilan o‘rtoqlik o‘yinida peshqadamsiz g‘alaba qozongandi (1:0).