iks
ads

O‘rtoqlik uchrashuvi. Yaponiya Braziliya bilan o‘yinda 0:2 hisobidan chiqib ketdi

  • Mr.NoBoDy 14.10.2025 18:00
  • 152
  • 30

Braziliya terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Yaponiya terma jamoasiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi - 2:3. O‘yin Tokiodagi "Adzinomoto" stadionida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning 26-daqiqasida braziliyalik Paulo Enrike hisobni ochdi. 32-daqiqada Gabriel Martinelli Braziliya terma jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi. Ikkinchi bo‘limda Yaponiya terma jamoasi Takumi Minamino, Keyto Nakamura va Ayasi Uedalarning sa’y-harakatlari bilan ketma-ket uchta gol urdi.

10 oktyabr kuni braziliyaliklar Janubiy Koreya terma jamoasini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi. Yaponiyaliklar shu kuni Paragvay bilan durang o‘ynagandi (2:2).

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar