Krishtianu Ronaldu Jahon chempionati saralash o'yinlarida gol urish bo'yicha jahon rekordini o'rnatdi. Portugaliya terma jamoasining 40 yoshli hujumchisi JCH saralashidan o'rin olgan Vengriyaga qarshi o'yinning 22-daqiqasida hisobni tenglashtirdi va birinchi bo'limga qo'shimcha berilgan vaqtda jamoasini oldinga olib chiqdi. Bu Ronalduning JCH saralash turnirlaridagi 40- va 41-gollari edi.
Shu tariqa, Ronaldu 2016 yil 6 sentyabrdan beri rekord egasi bo'lib kelayotgan gvatemallik Karlos Ruisni (39 gol) ortda qoldirdi. Malumot uchun, Lionel Messining JCH saralashidagi gollari soni 36 tani tashkil qiladi.