"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi Argentina terma jamoasida o‘ziga xos natija qayd etdi.
38 yoshli futbolchi bugun bo‘lib o‘tgan Puerto-Rikoga qarshi o‘rtoqlik o‘yinining 23-daqiqasida Gonsalo Montielga assistentlik qildi. Endilikda Messi terma jamoa safida 59 ta golli uzatmani amalga oshirdi - bu terma jamoalar darajasidagi barcha davrlar uchun jahon rekordi hisoblanadi. Keyingi o‘rinlarda 58 tadan assist amalga oshirgan Lendon Donovan (AQSH) va Neymar (Braziliya) bormoqda.
Lionel Messi "albiseleste" safida uzoq 2005 yildan buyon to‘p tepib kelmoqda. Umuman olganda, hujumchi Argentina terma jamoasi safida 195 ta o‘yin o‘tkazib, 114 ta gol urgan.
Avvalroq, uning azaliy raqibi Ronaldu JCH saralashlari tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylanib olgan edi.