Unga ko'ra, turnirda Eron, Misr, O'zbekiston va Kabo-Verde termalari ishtirok etadi.
Erondagi hamkasblardan olingan malumotlarga ko'ra, JCHga chiqib ulgurgan 4 ta terma jamoa ishtirokidagi musobaqa taqvimi aniq bo'lib ulgurgan.
Malum bo'lishicha, O'zbekiston – Misr, Eron – Kabo-Verde uchrashuvlari 13 noyabr kuniga belgilangan. 3-o'rin uchun o'yin 17 noyabr kuni, final bahsi esa 18 noyabr kuni bo'lib o'tadi.