iks
ads

Yildiz "Chelsi", "Arsenal" va "Barselona"ning diqqat markazida

  • Mr.NoBoDy 15.10.2025 19:48
  • 432
  • 30

Kenan Yildizga bir nechta top-klublar qiziqish bildirmoqda.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, "Yuventus"ning turkiyalik vingeri bilan "Chelsi", "Arsenal" va "Barselona" jamoalari qiziqmoqda. Malumotlarga ko'ra, yozda "Chelsi" 67 million evro taklif qilgan, ammo bu taklif rad etilgan.

Futbolchining o'zi esa Turin klubida qoladigan bo'lsa, maoshining oshishini istamoqda. Hozirda u yiliga 1,7 million evro maosh oladi, ammo "Yuventus"dagi Jonatan Devid darajasiga yaqin — taxminan 6 million evro atrofida maosh so'ramoqda.

Joriy Seriya A mavsumida turkiyalik futbolchi 6 o'yinda maydonga tushib, 1 gol urdi va 3 ta golli pas berdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar