ESPN sahifalarida 2026 yilgi jahon chempionatiga yo‘l olgan yoki yo‘llanmani qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘lgan eng kuchli terma jamoalar reytingi e’lon qilindi.
Mutaxassislar birinchi o‘ringa avvalgi ikki mundialda finalga qadar yetib borgan Fransiya terma jamoasini qo‘yishdi. 2018 yilgi finalda "uchranglilar" g‘alaba qozongan, 2022 yilda esa Argentinaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgan. Ikkinchi pog‘onadan Yevropaning amaldagi chempioni Ispaniya terma jamoasi joy oldi. Kuchli uchlikni Angliya terma jamoasi yakunlab berdi.
Keyingi o‘rinlarda Portugaliya, Braziliya, Niderlandiya, Argentina, Italiya, Germaniya va Urugvay terma jamoalari joylashdi.
Hozirda 2026 yilgi jahon chempionatining 28 nafar ishtirokchisi aniqlandi.