"Chelsi"ning franciyalik himoyachisi Uesli Fofana navbatdagi jarohati sababli mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi.
Futbolchining mushak jarohati olgandan keyingi tekshiruv natijalari jarrohlik amaliyoti zarurligini ko'rsatdi. Kecha u sonining orqa qismidan muvaffaqiyatli operaciya qilindi.
Shuningdek, Fofana Klublar o'rtasidagi JCHda ham ishtirok eta olmasligi kutilmoqda.
Transfermarkt malumotlariga ko'ra, franciyalik o'yinchi "Chelsi"da 2022/23 yilgi mavsumdan buyon jarohatlar tufayli 564 kun maydondan tashqarida qoldi. Bu vaqt ichida u London klubining 95 ta o'yinida qatnashmadi.
Londonliklar uni 2022 yil avgustida "Lester"dan 80 mln evroga sotib olgan edi.