Bugun futzal terma jamoamiz dunyoning eng zo'r jamoalaridan biriga qarshi maydonga tushadi
Mr.NoBoDy 16.10.2025 08:08
198
30
VI Islom birdamlik o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston futzal terma jamoasi bugun navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Nodir Eliboev boshchiligidagi jamoamiz Evropa va Jahonda o'z o'rniga ega bo'lgan - Qozog'iston futzal MTJsiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv soat 17:00 da “Yunusobod” sport majmuasida start oladi.