"Toshkentda barcha futbolchilarni sinab ko'rish va ularga xalqaro tajriba berish maqsadida ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazdik. Afsuski, ikkala o'yinda ham mag'lub bo'ldik. Andorradagi mag'lubiyatdan so'ng yigitlar mag'lubiyatni qattiq qabul qilishdi va bu ularning ruhiga tasir qildi. Birinchi o'yinda o'yin oxirida gol o'tkazib yubordik – 0:1, ikkinchisida esa o'yin davomida oldinga chiqib oldik, lekin imkoniyatni boy berib qo'ydik", – dedi Mamonov.
Mutaxassis ikkinchi o'yindan so'ng futbolchilarga bosh murabbiylikdan ketishini malum qilib, jamoaga mehnatlari uchun minnatdorlik bildirdi.
Birinchi o'rtoqlik o'yinida O'zbekiston Qozog'istonni 1:0, ikkinchisida esa 3:1 hisobida mag'lub etgan edi.