iks
ads

Sulsher Evropa jamoasida ish boshlashi mumkin

  • Mr.NoBoDy 16.10.2025 20:00
  • 441
  • 30

"Manchester Yunayted" va "Beshiktosh" sobiq bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher Shotlandiyaning "Reynjers" jamoasiga taklif qilinmoqda.

Jurnalist Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, Stiven Jerrardning muvaffaqiyatsiz qaytishidan so'ng Glazgo klubi norvegiyalik murabbiyni olib kelish haqida jiddiy o'ylamoqda.

Sulsherning so'nggi ish joyi "Beshiktosh" bo'lgandi, u avgust oyida evrokuboklardagi salbiy natijalar tufayli ishdan bo'shatilgandi.

Sulsher "Manchester Yunayted"ni 2018 yildan 2021 yilgacha boshqarib, birorta sovrin yutolmagan edi.

Ўхшаш янгиликлар