MLS chempionati doirasidan o‘rin olgan uchrashuvda «Neshvill» o‘z maydonida «Inter Mayami»ni qabul qildi. Bellashuv Neshvill shahridagi «GEODIS Park» stadionida bo‘lib o‘tdi va mehmonlar yirik hisobda g‘alaba qozonishdi — 5:2.
«Inter Mayami» safida argentinalik yulduz Lionel Messi xet-trik qayd etdi. Shuningdek, Baltasar Rodriges va Telasko Segoviya ham bir marttadan gol urdi. Messi o‘z hisobiga bitta golli uzatmani ham yozib qo‘ydi.
Mehmon jamoa hisobni 35-daqiqada Messi orqali ochdi. Ammo 43-daqiqada Sem Sarrij hisobni tenglashtirdi, 45+6-daqiqada esa Jeykob Shaffelburg «Neshvill»ni oldinga olib chiqdi. Shundan so‘ng «Inter Mayami» javob zarbasini berdi: Messi (63'), Rodriges (67'), yana Messi (81') va Segoviya (90+1') gollari natijani 5:2 ko‘rinishiga olib keldi.
Bu bahs MLSning muntazam chempionatdagi oxirgi turi bo‘ldi. Unga ko‘ra, «Inter Mayami» 34 o‘yinda 65 ochko to‘plab, Sharqiy konferensiyada 3-o‘rinni egalladi. «Neshvill» esa 54 ochko bilan 6-o‘rinda joy oldi.
AQSH — MLS. Muntazam mavsumning 34-turi
2025 yil 19 oktyabr, yakshanba.
Neshvill (Neshvill) – Inter Mayami (Mayami) – 2:5
Gollar: 0:1 – Messi (35'), 1:1 – Sarrij (43'), 2:1 – Shaffelburg (45+6'), 2:2 – Messi (63'), 2:3 – Rodriges (67'), 2:4 – Messi (81'), 2:5 – Segoviya (90+1').