iks
ads

Ro'ziqul Berdiev: "Ertangi o'yinga to'liq tayyormiz"

  • Mr.NoBoDy 20.10.2025 22:56
  • 286
  • 30

"Shabab Al Ahli"ga qarshi OFK Elit Chempionlar ligasi bahsi arafasida bo'lib o'tgan matbuot anjumanida "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev hamda futbolchi G'olib G'aybullaev ishtirok etishdi.

Ro'ziqul Berdiev:

— Biz ertangi o'yinga to'liq tayyormiz. “Shabab Al Ahli” — kuchli jamoa. Ular sifatli futbol namoyish etadi, tarkibida mahoratli futbolchilar etarli. Shuningdek, jamoaviy o'yinlari ham yuqori darajada.

Har ikkala jamoa ham yaxshi futbol ko'rsatishga intiladi. Ishonamanki, ertangi bahs tomoshabinlar uchun qiziqarli bo'ladi.


G'olib G'aybullaev:

— Jamoamiz ertangi o'yinga jiddiy tayyorlandi. Bu uchrashuv har ikkala jamoa uchun ham murakkab va qiziqarli bo'lishi aniq. Biz bu erga ochko olish uchun kelganmiz.


Savol: Jamoangiz dastlabki ikki turda ochko ololmadi. Ertangi bahsda bu natijani o'zgartirish uchun nimalarga etibor qaratyapsiz?

Ro'ziqul Berdiev:

— Asosiy maqsadimiz — ochko olish va guruhdagi holatimizni yaxshilash. Bu bosqichda kuchli raqiblar ko'p. Biz shu paytgacha ikkita kuchli jamoaga qarshi o'ynadik va munosib qarshilik ko'rsata oldik. “Shabab Al Ahli” ham yuqori saviyadagi raqib, ammo biz maydonga ijobiy natija uchun chiqamiz.


Savol: “Shabab Al Ahli” murabbiyi siz haqingizda iliq fikr bildirdi.Jamoa bilan uzoq yillardan buyon birgaligingiz jamoaga yanada kuch berishini aytib o'tdi. Siz bu fikr haqida nima deya olasiz?

Ro'ziqul Berdiev:

— “Shabab Al Ahli” murabbiyiga iliq so'zlari uchun minnatdorchilik bildiraman. U ham o'z jamoasi bilan katta ishlar qilmoqda — o'tgan mavsumda chempionlikni qo'lga kiritdi. Biz bir-birimizni yaxshi bilamiz, chunki o'tgan mavsumda ikki bor to'qnash kelganmiz. Ertangi o'yin yana bir foydali tajriba bo'ladi.

Har bir murabbiy yaxshi natija uchun harakat qiladi. Yigitlarimizni shunga tayyorladik.


Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar