"Oldinda muhim uchrashuv kutayapti. Biz uchun uyda yoki safarda bo'lishidan qati nazar, har bir o'yin o'ziga xos ahamiyatga ega.
Raqibimizni yaxshi bilamiz, o'tgan yili ular bilan to'qnashganmiz va bellashuvlar juda qiyin kechgandi. "Nasaf" murabbiyi katta tajribaga ega va uning jamoasi hozirgacha ko'proq ochko to'plashga loyiq edi. Ertangi o'yinda bizni jiddiy sinov kutmoqda.
Jarohatlanishlar va yo'qotishlar tufayli ertangi o'yinda kimlar ishtirok etishini aniqlash ustida ishlayapmiz. Ijobiy natijaga erishishga va professionallikni namoyish etishga intilamiz. Shuningdek, hujum chizig'ida imkoniyatlarni golga aylantirib, g'alaba qozonish uchun harakat qilamiz", dedi 55 yoshli portugaliyalik mutaxassis.