iks
ads

Fabrisio Romano Lionel Messining kelajagi borasida insayd tarqatdi

  • Mr.NoBoDy 19.10.2025 12:11
  • 313
  • 30

Mashhur insayder Fabrisio Romano MLS mavsumining yakunlanishi ortidan argentinalik futbol yulduzi, «Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messining kelajagi borasida ma’lumot bilan o‘rtoqlashdi.

«Lionel Messi “Inter Mayami” bilan muntazam mavsumni yakunladi — u jami 48 samarali harakat (gollar + uzatmalar) qayd etdi. Yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar juda ilg‘or bosqichda. Kutilishicha, Messi klubda qoladi va yangi bitim imzolaydi — hozirda yakuniy tafsilotlar aniqlashtirilmoqda...

U “Inter Mayami” loyihasiga to‘liq e’tibor qaratgan», — deb yozdi insayder o‘z ijtimoiy tarmoqlarida.

Eslatib o‘tamiz, bugun MLS muntazam mavsumining so‘nggi o‘yinida «Inter Mayami» «Neshvill»ni 5:2 hisobida mag‘lub etdi, Messi esa het-trik qayd etdi. Endi jamoani pley-off bosqichi o‘yinlari kutmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar