iks
ads

Aleksandr Xomyakov: "O'zimiz xohlagandek hujumda o'ynay olmadik"

  • Mr.NoBoDy 19.10.2025 12:32
  • 323
  • 30

Superliga 25-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Buxoro" (4:1) uchrashuvidan so'ng "Buxoro" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Hayajonli o'yin bo'ldi. "Dinamo"ga ko'proq ochko kerak edi nazarimda. Bu ularning shiddatida ham ko'rindi. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman. Biz yomon boshlamadik, ammo ikkinchi taymda hech narsa o'xshamadi. "Dinamo" agressiv futbol namoyish etdi va bizga ko'p qiyinchilik tug'dirdi. Qaysidir jihatlarda ulgurmadik, qaysidir jihatlarda o'zimizni yo'qotib qo'ydik. Raqib jarima zarbasini ajoyib tarzda amalga oshirdi. Nimayam derdim, raqibni yana bir bor g'alaba bilan tabriklayman.

- "Buxoro"ni oldinda muhim bahs - Kubok finali kutmoqda. Chunki jamoa kubokni qo'lga kiritsa, OCHL 2 yo'llanmasiga ega bo'ladi. Hozir jamoada kayfiyat qanday?

- Hozir vaziyat shunadyki, biz uchun har bir o'yin muhim. Kubokni o'ylab Superligani unutib qo'yishimiz kerak emas. Chunki turnir jadvalining quyi qismida qattiq kurash ketyapti. Bundan tashqari hech kim dekabrda bo'ladigan pley-off o'yinlarida qatnashishni istamaydi. Albatta, biz finalni o'ylayapmiz, lekin finaldan oldin uyda "So'g'diyona"ni qabul qilamiz va bu o'yin birlamchi bo'lishi kerak.

- Birinchi taymdan so'ng jamoangiz hisobda oldinda borayotgandi. Shundan so'ng nima etishmadi?

- O'zimiz xohlagandek hujumda o'ynay olmadik. Butun o'yinni himoyada o'tkazish oson emas. Qarshi hujumlardan foydalanishga harakat qildik, lekin o'xshamadi. Bir vaziyatda hujumchimiz raqib himoyachisi bilan birga bir chiqib bordi. Bazi jihatlarda muammolar ko'rinyapti. "Dinamo" medallar uchun kurashyapti va ishtiyoq ham yuqori ekan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar