"Chelsi", "Brayton" va "Vest Xem" klublarining sobiq murabbiyi Shveciya futbol ittifoqi bilan 2026 yil martigacha, yani JCH-2026 saralashi va pley-off o'yinlari yakuniga qadar og'zaki kelishuvga erishdi.
Etiborlisi, 50 yoshli ingliz bungacha Shveciyada ishlab, 2011-2018 yillarda "Estersund"ni boshqargan.
Shveciya terma jamoasi o'z guruhida 4 o'yinda 1 ochko jamg'argan holda so'nggi o'rinda bormoqda. Jamoa noyabr oyida Shveycariya va Sloveniya bilan o'ynaydi.