Osiyo Chempionlar Ligasi Elit 3-turidan o'rin olgan "Shabab Al Ahli" – "Nasaf" (4:1) uchrashuvidan so'ng "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Bugun “Shabab Al Ahli” bizdan ko'ra har tomonlama yaxshiroq o'yin ko'rsatdi. Ular g'alabaga munosib edi. Raqib jamoani g'alaba bilan tabriklayman. Afsuski, bugun bizning hujumda ham, himoyada ham rejalashtirgan ishlarimiz to'liq amalga oshmadi", -dedi Ro'ziqul Berdiev.