iks
ads

"Barselona" Flik diskvalifikaciyasiga qarshi yana apellyaciya beradi – murabbiy "Real"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi kerak

  • Mr.NoBoDy 22.10.2025 16:56
  • 111
  • 30

"Barselona" Hans-Diter Flikning diskvalifikaciyasini bekor qilish uchun yana urinib ko'radi.

Eslatib o'tamiz, "blaugrana" bosh murabbiyi "Jirona"ga qarshi o'yinda (2:1) hakam qarorlariga norozilik bildirgani uchun ikkita sariq kartochka olgan edi. Ispaniya Futbol Federaciyasi (RFEF)ning intizom qo'mitasi kataloniyaliklarning ilk apellyaciyasini bugun rad etdi.

Mundo Deportivo xabariga ko'ra, "Barsa" nemis mutaxassisining diskvalifikaciyasini yana bir bor qayta ko'rib chiqishni so'rab, RFEF apellyaciya qo'mitasiga murojaat qiladi.

26 oktyabr kuni "Barselona" La Liganing 10-turida "Real"ga qarshi o'ynaydi. Flik bu uchrashuvni o'tkazib yuborishi kerak.

Ўхшаш янгиликлар