iks
ads

Rasman: "Barsa" va "Vilyarreal"ning Mayamidagi o'yini bekor qilindi

  • Mr.NoBoDy 22.10.2025 01:40
  • 224
  • 30

La Liga bu loyihadan voz kechishga majbur bo'ldi.

"Barselona" va "Vilyarreal" o'rtasidagi uchrashuv Mayamida o'tkazilmaydi. 20 dekabr kuni Mayamida o'tkazilishi rejalashtirilgan La Liganing 17-tur uchrashuvi AQSHda bo'lmaydigan bo'ldi.

La Liga mamuriyati bildirishicha, tadbir tashkilotchisi bilan olib borilgan muzokaralardan so'ng, Ispaniyada so'nggi haftalarda yuzaga kelgan vaziyat noaniqligini hisobga olib, tadbirni o'tkazmaslik to'g'risida qaror qabul qilingan.

Bundan oldin, La Liga jamoalari o'tgan tur o'yinlari boshlanishida "Barselona" va "Vilyarreal"ning Mayamida o'yin o'tkazishiga norozilik bildirish maqsadida 15 soniya davomida harakatsiz turgan edilar.

Ўхшаш янгиликлар