iks
ads

Messi MLSda oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi — mavsumda uchinchi, faoliyatida beshinchi marta

  • Mr.NoBoDy 22.10.2025 08:22
  • 49
  • 30

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi AQSHning MLS chempionatida oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Bu mukofot ommaviy axborot vositalari vakillari ovoziga ko‘ra beriladi.

Oktyabr oyida argentinalik yulduz 3 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi — jami 10 ochko (5+5) to‘pladi.

Messi mavsum davomida uchinchi marta oy futbolchisi bo‘ldi. U shu bilan o‘z faoliyatida beshinchi bor MLSda bu sovrinni qo‘lga kiritdi.

Bundan tashqari, Lionel MLS tarixida ikki mavsum ichida besh marta “Oy futbolchisi” deb topilgan ilk futbolchiga aylandi. Shuningdek, u mavsumda uch marta bu mukofotni qo‘lga kiritgan liganing faqat uchinchi futbolchisi bo‘ldi — buning oldidan bunday natijaga Kris Vondolovski (2012) va Karlos Vela (2019) erishgan edi.

Ўхшаш янгиликлар