iks
ads

Futzal. O'smirlarimiz III Osiyo yoshlar o'yinlarida ishtirok etish uchun jo'nab ketdi. Guruhda kimlarga qarshi bahs olib borishimiz malum

  • Mr.NoBoDy 22.10.2025 08:24
  • 230
  • 30

Bahrayn mamlakatida I Osiyo yoshlar o'yinlari davom etmoqda.

Kecha O'zbekiston o'smirlar futzal terma jamoasi ushbu musobaqada ishtirok etish uchun jo'nab ketdi. Dilshod Rahmatov ushbu musobaqaga jami 14 nafar futzalchini olib ketdi. O'zbekiston O'smirlar terma jamoamiz “A” guruhida musobaqa mezboni – Bahrayn, shuningdek, Afg'oniston hamda Xitoy terma jamoalariga qarshi maydonga chiqadi. Dastlabki uchrashuv 24-oktabr sanasida Afg'oniston terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi.

Bahraynga O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi quyidagi tarkibda uchib ketdi: 

Delegaciya rahbari – G'ayrat Azizxodjaev

Bosh murabbiy – Dilshod Raxmatov

Darvozabonlar bo'yicha murabbiy – Vitor Vianna

Shifokor – Laziz Teshaboev

Fizioterapevt – Abdurahim Sarimsoqov

Matbuot xizmati vakili – Nodir Azamov

Darvozabonlar: Azizjon Abduraimov, Muhammadjon Baxtiyorov.

Maydon o'yinchilari: Azizbek Jaloliddinov, Abdulboriy Ilyosov, Izzatilla G'ulomov, Javoxirbek Abdulvosiev, Elshodbek Akmalov, Islam Ibragimov, Diyor Mamarasulov, Bunyodjon Bozorboev, Timur Kallibekov, Izzat Aytbaev, Nizomiddin Ziyoxiddinov, Samandar Abduvoitov.

Ўхшаш янгиликлар