"To'pchilar" Londonda bo'lib o'tgan bahsda madridliklarni 4:0 hisobida mag'lub etgandi.
"Uchrashuv qiyin kechdi. Gol urganimizdan keyin raqib biroz ochildi, bu bizga maydonda erkinroq harakat qilishga imkonini berdi. Natijadan juda xursandmiz.
Bu g'alaba muxlislar bilan rishtalarni mustahkamlashga yordam beradi, chunki sportda g'alabaga bo'lgan ishonch nihoyatda muhim. Endi biz yakshanba kuni bo'ladigan o'yinga etibor qaratishimiz kerak", - deb fikr bildirdi Arteta.
Eslatib o'tamiz, "Arsenal" 3-turdan so'ng 9 ochko to'plagan holda PSJ va "Inter" bilan turnir jadvalini boshqarib bormoqda.