iks
ads

"Barselona" jamoasi AQSHdagi o'yini bekor qilingani bo'yicha bayonot bilan chiqdi

  • Mr.NoBoDy 22.10.2025 09:24
  • 179
  • 30

"Barselona" o'zining rasmiy saytida La Liganing Mayami shahrida "Vilyarreal"ga qarshi o'tkazilishi rejalashtirilgan o'yinni bekor qilganiga munosabat bildirdi.

"Barselona" klubi La Liganing 17-turida Mayami shahrida "Vilyarreal"ga qarshi o'tkazilishi rejalashtirilgan o'yinni bekor qilish qarorini hurmat qiladi va qabul qiladi.

"Barcelona" strategik bozorda raqobatni kengaytirish imkoniyatini boy berganidan afsusda. Klub AQSHdagi muxlislarimiz tomonidan ko'rsatilgan qo'llab-quvvatlash va cheksiz mehr uchun minnatdorchilik bildiradi va ular mamlakatdagi rasmiy o'yinga borish imkoniyatidan mahrum bo'lganidan chuqur afsusda",  - deb fikr bildirilgan bayonotda.

Eslatib o'tamiz, kecha La Liga AQSHda bo'lib o'tishi ko'zda tutilgan  "Barselona" - "Vilyarreal" o'yini bekor qilinganini elon qilgandi.

Ўхшаш янгиликлар