iks
ads

Simeone kechagi mag'lubiyatga izoh berdi

  • Mr.NoBoDy 22.10.2025 09:40
  • 301
  • 30

"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone "Arsenal"dan uchralgan yirik mag'lubiyatga izoh berdi.

"Ular ketma-ket uchta gol urishdi va bu davr oralig'ida "Arsenal" bizdan kuchliroq edi. Standartdan urilgan gol uchrashuv taqdirini o'zgartirib yubordi. 58-daqiqaga qadar biz maydonda yomon ko'rinmayapgan edik, biroq bugun bizdan kuchliroq bo'lgan jamoa g'alaba qozondi.

 Uchrashuvni bizning foydamizga hal qilishi mumkin bo'lgan mayda detallar bor edi. Biroq raqib ham hujumda va ham himoyada ancha tartibli jamoa. 60-daqiqaga qadar biz raqibga munosib qarshilik ko'rsatdik, biroq uchrashuvning so'nggi 30 daqiqasida ular g'alabaga haqli o'yin ko'rsatishdi.

Ularda standart bilan ishlaydigan yaxshi mutaxassislar bor va bu o'z samarasini bermoqda",  - deb fikr bildirdi Simeone.

Ўхшаш янгиликлар