iks
ads

Rafinya "Real"ga qarshi bahsda ishtirok etadimi?

  • Mr.NoBoDy 22.10.2025 16:08
  • 194
  • 30

Rafinya Dias El-Klasikoda maydonga tushadi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" vingeri 25 sentyabr kuni "Ovedo"ga qarshi o'yinda (3:1) son orqa qismidagi mushakni jarohatlagan edi. Marca xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchi jamoa bilan umumiy mashg'ulotlarga qaytdi va 26 oktyabr kuni "Real"ga qarshi bellashuvda ishtirok eta oladi.

Manba takidlashicha, uning tiklanish jarayoni "juda yaxshi" kechgan. Rafinya kecha bo'lib o'tgan Chempionlar ligasidagi "Olimpiakos"ga qarshi uchrashuvda (6:1) o'ynashi mumkin edi, ammo bosh murabbiy Hans-Diter Flik shoshilmaslikni va unga yana bir necha kun dam berishni maqul ko'rdi.

Hozircha Rafinya El-Klasikoda asosiy tarkibdami yoki zaxiradan maydonga tushadimi, nomalum.

Ўхшаш янгиликлар