iks
ads

"Real" va "Liverpul" sobiq ustozi Afinada! "Panatinaikos" yangi bosh murabbiyni taqdim etdi

  • Mr.NoBoDy 24.10.2025 14:08
  • 493
  • 30

"Panatinaikos" Rafael Benitesni bosh murabbiy etib tayinlaganini elon qildi.

Bu haqda Afina klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Imzolangan shartnoma shartlari oshkor qilinmadi. Avvalroq OAV uning bir mavsumlik maoshi 5 mln evro ekani va bitim 2,5 yillik muddatga tuzilishini malum qilgandi.

Ispaniyalik murabbiy tayinlanishidan oldin "Panatinaikos" Kristos Kontis ketganini elon qildi va unga shu yilning sentyabr oyida boshlagan ishi uchun minnatdorlik bildirdi.

Benitesning so'nggi jamoasi "Selta" bo'lib, u mazkur klubni 2024 yilda tark etgan edi.

Ўхшаш янгиликлар