iks
ads

Alaba "Real"dan yangi shartnoma xohlamoqda, klub esa yo'q

  • Mr.NoBoDy 22.10.2025 20:32
  • 275
  • 30

Futbolchining yangi bitim imzolash ehtimolligi past.

"Real Madrid" himoyachisi David Alaba klubda qolishni xohlaydi, biroq buning ehtimoli past, deya X ijtimoiy tarmog'ida insayder va jurnalist Florian Plettenberg xabar bermoqda. 33 yoshli futbolchining klub bilan shartnomasi 2026 yil yozigacha amal qiladi.

Manba malumotlariga ko'ra, Alaba "Real" bilan yangi kelishuvga erishish uchun kurashmoqda. David jamoada etakchi hisoblanadi va u jamoada hurmat qozongan. Takidlanishicha, hozirgi vaqtda klubning futbolchi bilan shartnomani uzaytirishi juda kam ehtimolga ega. David erkin agent bo'lishi mumkin, ammo avstriyalik hozircha faoliyatini yakunlash haqida o'ylamayapti.

Himoyachi "Real" safida 2021 yil yozidan beri to'p surmoqda. Shu davr mobaynida Alaba barcha musobaqalarda 116 ta o'yinda ishtirok etib, beshta gol urdi va to'qqizta golli uzatma berdi.

Ўхшаш янгиликлар