«Raneri ikkinchi bo'limga chiqishimizdan oldin menga Artemga yordam berishimni aytdi. Ikkinchi bo'lim yaxshi boshlandi, g'alaba qozona olmaganimiz achinarli.
Biz yana bir gol urishimiz mumkin edi, ammo «Yuventus»ga qarshi o'yinda bir ochko ham yomon emas deb o'ylayman. Gol urganimdan xursandman. Dubl qayd etganimda, yanada yaxshiroq bo'lardi.
Derbimi? Biz o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rishimiz va muxlislarni xursand qilishimiz kerak», — dedi Shomurodov.