
- O'yinga keladigan bo'lsak, chiroyli o'yin ko'rdik deb o'ylayman. “Paxtakor”dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin uyda “Dinamo”ni yutmasak bo'lmasdi. Bugun yaxshi harakat qilgani uchun shogirdlarimga, bizni qo'llab-quvvatlagani uchun muxlislarga rahmat aytmoqchiman. Endi keyingi o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz. Bugun yaxshi o'yin guvohi bo'ldingiz. 2:0 hisobida g'alaba qozondik, bu albatta yoqimli.
- “Dinamo” jamoasida terma darajasidagi futbolchilari bor. “Qizilqum”da ham shunday futbolchilar bormi? Rahbariyat klub oldiga termaga futbolchi etkazish vazifasini qo'yganmi?
- Raqib tarkibida yoshlar ko'p. Ularning ayrimlari termalarda o'ynashadi. “Dinamo” kuchli jamoa. Bizda termaga futbolchilar etishtirib berish uchun vaqt kerak bo'ladi. Tarkibimizda yaxshi saviyadagi yoshlar bor. Ularga imkoniyat berishga harakat qilamiz. Avvalo jamoamiz tarkibida o'ynashsa, xudo xohlasa, termalarda o'ynashadi. Bu borada ham harakat qilamiz.