iks
ads

Krishtianu Ronaldu uzoq yillar yuqori darajada o‘ynashining asosiy sirini nima ekanini aytdi

  • Mr.NoBoDy 25.10.2025 15:00
  • 226
  • 30

40 yoshli yulduz hujumchi va «An-Nasr» sardori Krishtianu Ronaldu o‘zining sportdagi uzoq umri va jismoniy formasini saqlab turish sirini ochiqladi.

«Tinch va to‘liq uxlash — bu mening eng muhim qurolim. Men uxlash va uyg‘onish vaqtimga qat’iy amal qilaman. Masalan, soat 11 yoki 12 larda uxlayman va 8:30 da uyg‘onib, kunni boshlayman. Bu mening kundalik rejam. Fikrimcha, sog‘liqni asrash nuqtayi nazaridan bu hayotdagi eng muhim narsadir», — dedi Ronaldu Whoop kompaniyasi rasmiy sahifalaridagi videolavhada.

 Ronaldu 2023 yil yanvaridan buyon Saudiya Arabistonining «An-Nasr» jamoasida to‘p suradi. Shu vaqt ichida u barcha musobaqalarda 112 ta o‘yinda maydonga tushib, 99 ta gol urgan va 21 ta golli uzatma bergan.

Uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Ўхшаш янгиликлар