
O'tgan turda mankunianliklar "Liverpul" maydonida 2:1 hisobida g'alaba qayd etdi.
- O'yindan keyin Siz tabassum qilgan holda matbuotning o'z tanqidlari davom etishini aytgandingiz. Boshqalar Sizga shubha qilayotganda Siz va jamoa buni o'ylaysizlarmi?
- Yo'q, o'shanda men va jamoa bunchalik tez o'zgarmasligini nazarda tutgandim. O'shanda savol jamoaning kuchli to'rtlikka kirishi haqida deb o'ylagandim. Nima bo'lganda ham bu g'alabadan havolanish kerak emas, chunki barchasini 20 santimetr hal qilishi mumkin edi. Agarda Kodi Gakpo 20 santimetrga adashmaganida barchasi boshqacha ketardi.Shu sababli hotirjamlikni saqlab qolish va harakatlarimizdagi yo'nalishni belgilab olishimiz kerak. Men shuni nazarda tutmoqchi edim.
Agarda Siz shunday katta masshtabdagi jamoaning murabbiyi bo'lsangiz-u, g'alabalar kelmasa, albatta, Sizga shubha bo'laveradi. Va ularda bunga etarlicha sabablar ham bor.
Nima bo'lgan taqdirda ham biz o'z yo'limizdan chiqmasligimizni istayman. Chunki bitta g'alaba hech nimani o'zgartirmaydi, - dedi Amorim.
Ertaga mankunianliklar APLning 9-turida "Brayton"ga qarshi bahs olib boradi.