
31 yoshli yarim himoyachining transferiga Premer-liganing ikki vakili qiziqish bildirmoqda. Gap Londonning "Vest Xem" va Birmingemning "Aston Villa" klublari haqida ketmoqda.
Mateoning "shaharliklar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadi. Yarim himoyachi 2023 yilning yozida "Manchester Siti" safini to'ldirgandi.
Transfermarkt portali bahosiga ko'ra, futbolchining bozor narxi 20 million evroni tashkil etadi.