iks
ads

FIFA 2026 yilgi Jahon chempionati uchun "Early Ticket Draw" tizimiga start beradi

  • Mr.NoBoDy 25.10.2025 12:44
  • 650
  • 30

FIFA 27 oktyabrdan boshlab 2026 yilgi Jahon chempionatiga chiptalar uchun erta ro‘yxatdan o‘tishga start beradi. Butun dunyo bo‘ylab futbol ishqibozlari fifa.com/tickets sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, chiptalarni birinchi bo‘lib xarid qilish uchun qur’aga ro‘yxatga yoziladilar.

Qur’aga ro‘yxatdan o‘tish 31 oktyabrga qadar davom etadi va unda ishtirok etish bepul.

Ma’lumot uchun, "Early Ticket Draw" (Erta chipta qur’asi) — bu chiptalar sotuvga chiqishidan oldin kim birinchi bo‘lib chipta xarid qilishini aniqlaydigan tizimdir. Bu tizim talab juda yuqori bo‘lgan o‘yinlarda (masalan, ochilish o‘yini, final yoki mezbon mamlakat o‘yinlari) shaffof bo‘lishi uchun amalga oshiriladi.

Ўхшаш янгиликлар