O'yin mehmonlarning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Quvonarlisi, g'alaba golini "Sumqayit" hujumchisi Bobir Abdixoliqov urdi. Asosiy tarkibda maydonga tushgan hamyurtimiz 77-daqiqada zaxiraga olindi. "Sumqayit"ning yana bir o'zbekistonlik o'yinchisi Jasur Jaloliddinov esa zaxirada qoldirildi.