«Birinchi bo'limda yaxshi o'ynadik, ammo ikki gol o'tkazib yubordik. Biroq, biz yaxshi o'yin ko'rsatishda davom etdik. Biz oxirgacha kurashdik va ko'plab xavfli vaziyatlar yaratdik. Jamoa va muxlislar uchun juda xursandman.
Ferran ajoyib futbolchi. Bugun zaxiradan tushgan barcha futbolchilar o'z ishlarini alo darajada bajarishdi. Har bir futbolchi mashg'ulotlarda maksimal harakat qilishmoqda. Bu biz uchun juda muhim», — dedi Flik.
Eslatib o'tamiz, «Barselona» La Liganing 28-turida «Atletiko»ga uchrashuv 0:2 hisobini 4:2 ga o'zgartira oldi.