
"Caught Offside" xabariga ko'ra, Slot hozircha ishdan bo'shatilmaydi. Biroq natijalar yaxshilanmasa, Mersisayd klubi rahbarlari murabbiyni almashtirish variantini ko'rib chiqadi.
Manbaning takidlashicha, agar Slot ketsa, "qizillar" Yurgen Kloppni qaytarishga harakat qilishi mumkin. Germaniyalik mutaxassis yaqinda agar yana Premer-ligada murabbiylik qilsa, faqat "Liverpul"da ishlashini takidlagandi.
Yurgen Klopp "Liverpul"ni 2015 yildan 2024 yilgacha boshqargan. Hozirda u "Red Bull" futbol tizimida ishlamoqda.