
"Fichajes" nashrining xabar berishicha, avstriyalik himoyachiga MLS klublari — "Sharlott" va "Nyu-York Siti" qiziqish bildirmoqda va muzokaralarda dastlabki qadamlarni qo'ygan.

Alabaning madridliklar bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha amal qiladi, shuning uchun u bu qishda yangi klubi bilan kelishib olishiga ruxsat etiladi.
Avstriyalik futbolchi ushbu mavsum "qaymoqranglilar" tarkibida atigi 4 ta o'yinda qatnashdi.